Anjuman mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy ta’lim strategiyasini o‘qitish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar va pedagogik tajribalarni muhokama qilishga qaratilgan. Anjuman mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy ta’lim strategiyasini o‘qitish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar va pedagogik tajribalarni muhokama qilishga qaratilgan. Tadbir doirasida pedagogik mahorat va texnologiyalarni barcha ta’lim yo‘nalishlarida samarali o‘qitishning zamonaviy metodlari, pedagogik yondashuvlari, innovatsion texnologiyalari va amaliy tajribalari keng qamrovli tarzda tahlil qilinadi.
Anjuman iqtidorli yoshlar ishtirokidagi Davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajarilayotgan loyihalar hamda xalqaro ilmiy loyihalar bilan uzviy bog‘liq.
‒ Anjumanda iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish orqali ularni ijtimoiy va moliyaviy rag‘batlantirish uchun ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
‒ Bakalavr va magistrlik dissertatsiya ishlari natijalari tahlil qilinib, o‘quv jarayonini modernizatsiyalash va til kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari aniqlanadi.
‒ Anjuman doirasida xalqaro tajribalar va innovatsion metodlarni tatbiq etish orqali oliy ta’lim muassasalari va sohaga raqobatbardosh, malakali kadrlar tayyorlashga hissa qo‘shiladi.
Anjumanga taqdim etilgan maqolalar Google scholarda indekslanadi, har bir maqolaga alohida sertifikat va havola taqdim etiladi.
Konferensiyada ishtirok etish shakllari: ma’ruza bilan ishtirok etish, masofadan ishtirok etish.
Maqola fayli nomi anjuman sektsiya raqamidan boshlanishi, shuningdek, muallifning F.I.Sh.ni o‘z ichiga olishi kerak (masalan: AbdullayevA.A.doc yoki Abdullayev A.A.docx).
Maqolaga qo‘yiladigan talablar: konferensiyaga o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan va belgilangan talablarga javob beradigan ilmiy ishlar qabul qilinadi. Taqdim etilgan materiallar noyob bo‘lishi va konferensiya yo‘nalishiga mos kelishi kerak.