Abstract
Hayotda, jamiyatda ro‘y bergan o‘zgarish, birinchi galda, adabiyotda bo‘y ko‘rsatadi. Bu holat, ayniqsa, she’riyatda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Bugungi she’riyat kechagi she’riyatdan tubdan farq qiladi. Kechagi she’riyat ko‘proq ijtimoiylashgan, voqealar zamirida ko‘proq hayot ziddiyatlarini ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi she’riyat o‘z nigohini insonning botiniy olamiga qaratdi, uning ruhiy dunyosini, tuyg‘ularini ochib berish borasida kishini o‘zini o‘ziga tanitdi. Bunda u o‘ziga xos poetik obrazlardan, ramziy ko‘chimlardan foydalandi.
Hozirgi o‘zbek she’riyatining ma’naviy miqiyosi, badiiy salohiyati sezilarli darajada o‘sdi. Bugungi kun she’riyatining tabiati va uning zamiridagi falsafiy g‘oyani ochib berish, uning yetakchi hoyaviy-badiiy tamoyillarini aniqlash o‘zbek she’riyatining istiqboldagi taraqqiyotini ham oldindan belgilashga imkon beradi.
References
1.Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. – T., Yangi asr avlodi, 2006.
2.Karimov H. Istiqlol davri nasri. –T.: Zarqalam, 2007.
3.Karimov va b. XX asr o‘zbek adabiyoti. T., O‘qituvchi, 1999.
4.Karimov B.Ruhiyat alifbosi. T., Adabiyot va sanat NMU, 2016.
5.Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. T., Yangi asr avlodi, 2005.
6.Normatov U. Yangi o‘zbek adabiyoti. Universitet, 2007.