Abstract
Mazkur maqolada kreativ yondashuv asosida o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni shakllantirish hamda muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini tarkib toptirish zarurati asoslab beriladi. Shuningdek, kreativ kompetensiyaning mazmuni, uni shakllantirish omillari va pedagogik shart-sharoitlari yoritiladi. Maqolada forsayt texnologiyalari, interaktiv metodlar hamda axborot-ta’lim muhiti orqali talabalarning kreativ salohiyatini rivojlantirish mexanizmlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari kreativ yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilim sifatini oshirish, ularning amaliy faoliyatga tayyorgarligini kuchaytirish hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi
References
1. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Innovastion ta’lim texnologiyalari – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015-yil. 81-b.
2. Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish /Monografiya. – T.: Fan, 2004-yil.
3. Muslimov N.A. va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya. "– T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013-yil.
4. M.X.To‘xtaxodjaeva va b. Prof. M.X.To‘xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika nazariyasi / OTM uchun darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2010-yil. – 136-140-b.