FURQAT MA’RIFATPARVARLIK ADABIYOTINI O‘RGANISH XUSUSIDA
PDF

Keywords

Aruz, barmoq, badiiylik, badiiy til, bahr, bayt, dialog, estetik ideal, epik, epos, fabula

Abstract

Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat - milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida o’zidan boy ma’naviy meros qoldirdi. Faqat bugina emas. U birinchi o’zbek jurnalisti ham edi. “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida chop etilgan adabiy va siyosiy-publitsistik maqolalari ko’p jihatdan bugun ham o’z dolzarbligini yo’qotgan emas. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi.  Tabib sifatida shuhrati yanada yuksak bo’lganligi ma’lum. “Zubdatul-hukamo” unvonining sohibi bo’lganligiyoq uning bu boradagi kamoloti nechog’lik ekanligiga dalil. U sayyoh sifatida Turkiya, Bulg’oriya, Yunoniston, arab mamlakatlari, shuningdek, Hindiston va Xitoyda bo’ldi. Safar taassurotlari, o’sha davr kishilarining ma’naviy olami, turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqkiyot darajasi to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirdi. Bir so’z bilan aytganda, Furqat qomusiy olim va ijodkor sifatida milliy ma’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo’shdi

PDF

References

1. Qosimov B. va boshqalar. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti. -T.: O’qituvchi, 2005.

2. O’zbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 4-5 - jildlar. – T.: Fan, 1977

3. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. – T.: O‘zMU nashriyoti, T.2. 2003.

4. SirojiddinovSh. O’zbek mumtoz adabiyotining falsafiy sarchashmalari. – T.: Yangi asr avlodi, 2011.

5. Fitrat. Tanlangan asarlar. 2-jild. - T.: Ma’naviyat, 2000.

6. SHarq mumtoz poetikasi H.Boltaboev talqinida. – T.: O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2008.

7. Qosimov B., Dolimov U. Ma’rifat darg’alari. - T.: O’qituvchi, 1990.

8. O’zbek milliy uyg’onish adabiyotiga materiallar. - T.: Universitet, 2004.

9. Karimov G’.O’zbek adabiyoti tarixi. 3-kitob. –T., 1987.

10. Ta’limning elektron resurslari: 1. www. tdpu. Uz 2. www. pedagog. Uz 3. www. ziyonet. Uz 4. www. edu. Uz 5. www.o`zbek adabiyoti. com. 6. www. ziyo.uz