Abstract
Ushbu maqolada talabalar ilmiy dunyoqarashining shakllanishi ijtimoiy-psixologik muammo sifatida tahlil qilinadi. Ilmiy dunyoqarash shaxsning atrof-muhit va jamiyatni obyektiv idrok etishiga, ilm-fan yutuqlariga asoslangan tafakkur tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda ilmiy dunyoqarash shakllanishining psixologik va ijtimoiy omillari, unga ta’sir etuvchi pedagogik sharoitlar hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati o‘rganiladi. Shuningdek, ilmiy tafakkurni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan ijodiy va tanqidiy fikrlash jarayonlari, ularning talabalarning shaxsiy va professional rivojlanishiga ta’siri yoritiladi.
References
1. Назаров Қ. Педагогик психология. – Тошкент: Университет, 2020.
2. Вygotsky L.S. Thought and Language. – Cambridge, MA: MIT Press, 1986.
3. Поппер К. Открытое общество и его враги. – Москва: ACT, 2003.
4. Филонов Г.Н. Научное мировоззрение: философские и психологические аспекты. – Санкт-Петербург: Питер, 2017.