Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda ekologiyani muhofaza qilish maqsadida chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish masalasi yoritiladi. Chiqindilarni saralash va qayta ishlab chiqarish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish, ekologik muhitni yaxshilash va aholining ekologik ongini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, aholining ishsiz qatlamini band qilish, chiqindilarni qayta ishlashni raqamlashtirish hamda ekologik toza va arzon mahsulotlarni bozorga kiritish muhimligi haqida soʻz boradi. Maqolada ekologik muammolar va ularning insoniyat hamda iqtisodiyotga ta’siri atroflicha koʻrib chiqiladi.