Abstract
Hozirgi kunlarda inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavf omillari har jihatdan ortgan. Biz buni har bir organlar sistemasi kasalliklarida ko’rishimiz mumkin. Shu jumladan, ko’rish organlari sistemasida ham. Ko’rish organlari xastaliklari ichida eng katta xavf tug’dirayotgan va keng tarqalib, yanada yosharayotgan kasallik aynan ko’z ichi bosimiga aloqador glaukomadir. Bu kasallik dunyoda ko’rlikning ikkinchi sababidir. Birgina AQSh da 4 milliondan ortiq insonlar glaukoma bilan kasallangan, ulardan qariyb 12 000 aholida ko’rlikka olib kelgan. Bunday statistik ma’lumotlarni ko’plab keltirish mumkin. Shifokorga aynan ko’zlari holati bo’yicha profilaktika maqsadida murojaat qilish masalasida so’rovnoma o’tkazilganda natijalarga ko’ra, 1000 ta odamdan 40-45 %igina tekshiruvga borishlari aniqlandi. Qolgan holatlarda kasallik yoki oxirgi bosqichga yetib borganida, yoki asoratlangan vaziyatda tekshiruvga boriladi. Butun dunyo bo’ylab glaukoma uchrash holati 60 milliondan ortiq bo’lgan vaziyatda bu so’rovnoma ko’rsatkichi insonning o’z sog’ligiga nisbatan befarqlikning ifodasidir.
References
1. M. H. Hamidova, Z. Q. Boltaboyeva, Ko’z kasalliklari; Toshkent – 2006.
2. R. O. Muhamadiyev, Oftalmologiya; Toshkent – 2020.
3. European Glaucoma Society jurnali.
4. https://med24.uz.