Abstract
Qadimgi koreys xalqining kiyinish uslubi birmuncha murakkab bo'lgan. Hanbok (한복)qadim zamonlardan beri kiyilib kelinadigan an'anaviy va milliy libos turi. Hanbokning kelib chiqish tarixi Koreya yarim orolidagi Uch Qirollik davriga borib taqaladi. Ijtimoiy maqomga ko'ra, koreyslar turlicha kiyinishgan, bu kiyimni ijtimoiy darajaning muhim belgisiga aylantirgan. Hanbok ko'pincha yorqin rangli matolardan tayyorlanadi. "Hanbok"so'zi so'zma-so'z tarjima qilinganda "koreys kiyimlari" degan ma'noni anglatsa-da, 21-asrda bu so'z faqat Joseon (조선)sulolasi hanbokiga nisbatan ishlatilgan, bular rasmiy va yarim rasmiy qabullar, festivallar va tantanalar uchun kiyimdir. Biroq zamonaviy hanbok Joseondan biroz farq qiladi va qadimgi koreys hanboklaridan farqli o'laroq birmuncha o'zgartirishlar kiritilgan. Ularda kiyiladigan hanbok turlari ayollar, erkaklar hamda bolalar kiyishi uchun mo'ljallangani kabi bir nechta turlarga bo'linadi. Hozirgi kunda,asosan, hanboklarni muhim mamlakat tadbirlari, milliy bayramlarida kiyiladi. Qadimda bu kundalik hayotda kiyib yurish uchun xizmat qilgan bo'lsa-da hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab qolgan. Hatto, hanbok kiyishning ham o'z qonun-qoidalari mavjud.
References
1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Hanbok
2. Баѐнханова Ирода Фуркатовна Мамлакатшунослик
3. Xan Valeriy Sergeevich Koreya tarixi
Muharrir: Sirtsova Y B. Dizayn va verstka: Egeubaev K. S.