Abstract
Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi psixolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy matnning kitobxon ongida qabul qilinishi, emotsional-ekspressiv birliklarning ruhiy ta’siri, ona konseptining lingvistik va psixologik xususiyatlari hamda assotsiativ tafakkur mexanizmlari o‘rganildi. Asarda qo‘llangan til vositalarining o‘quvchi idrokiga ta’siri psixolingvistika nazariyalari asosida izohlandi. Tahlillar natijasida qissaning kuchli psixologik ta’siri, avvalo, undagi emotsional birliklar, xalqona ifodalar, dialogik nutq va milliy-madaniy konseptlar bilan bog‘liqligi aniqlandi. Ona obrazi asarning konseptual markazi sifatida namoyon bo‘lib, kitobxonning hissiy xotirasi va assotsiativ tafakkurini faollashtiruvchi asosiy omil ekanligi isbotlandi.
References
1. Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari.– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. – 240 b.
2. Boboxonova D. Psixolingvistika fanidan ma’ruzalar to‘plami.– Namangan,2019. –77 b.
3. Usmonova Sh., Shamsiyeva Sh. Psixolingvistika. Darslik. – Toshkent: Bookmany print, 2022. – 187 b.
4. Moʻminov S.M. Oʻzbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari: filol. fan. d-ri diss. avtoref. – Toshkent, 2000. – 197 b.
5. Qurbonova S.M. Badiiy matnda shaxs xususiyatlarini ifodalash: filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Fargʻona, 2018. – 228 b.
6. Osgood Ch.E., Sebeok T.A. Psycholinguistics: A Survey of Theory and Research Problems. – Baltimore: Waverly Press, 1954. – 203 p.