Abstract
Mazkur maqolada kasb-hunar maktablarida psixologik xizmatni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarning psixologik moslashuv darajasi, kasbiy motivatsiyasi hamda psixologik xizmat samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot Toshkent shahridagi kasb-hunar maktablaridan birida tahsil olayotgan 15 nafar o‘quvchi ishtirokida olib borildi. Tadqiqot jarayonida kuzatish, suhbat, so‘rovnoma va tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar o‘quvchilarning psixologik moslashuvi va kasbiy motivatsiyasi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Shuningdek, kasbiy noaniqlik, stress va kommunikativ qiyinchiliklar eng ko‘p uchraydigan muammolar sifatida aniqlandi. Tadqiqot asosida kasb-hunar maktablari uchun raqamli monitoring, kasbiy diagnostika va mentorlik tizimini o‘z ichiga olgan innovatsion psixologik xizmat modeli taklif etildi. Mazkur model o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, kasbiy shakllanishi va mehnat bozoriga muvaffaqiyatli moslashuviga xizmat qiladi.
References
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – T.: 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini rivojlantirishga oid farmon va qarorlari. – T.: 2021–2025.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
4. G‘oziev E. Umumiy psixologiya. – T.: O‘qituvchi, 2010.
5. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. – T.: 2012.
6. Davletshin M.G. Yosh va pedagogik psixologiya. – T.: 2005.
7. Andreeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. – Moskva: Aspekt Press, 2019.
8. Rubinshteyn S.L. Osnovy obshchey psixologii. – Moskva: 2002.
9. Vygotskiy L.S. Psixologiya razvitiya cheloveka. – Moskva: 2005.
10. Leontyev A.N. Deyatelnost, soznanie, lichnost. – Moskva: 2004.
11. Божович Л.I. Lichnost i ee formirovanie v detskom vozraste. – Moskva, 2008.
12. Freud Z. Psixoanalizga kirish ma’ruzalari. – Moskva, 2003.
13. Rogers C. On Becoming a Person. – Boston, 1995.
14. Maslow A. Motivation and Personality. – New York, 2000.
15. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi materiallari. – T.: 2023.
16. O‘zbekiston Respublikasi Kasb-hunar ta’limi markazi metodik qo‘llanmalari. – T.: 2022.
17. Abdullaeva Sh. Pedagogik psixologiya asoslari. – T.: 2018.
18. Yo‘ldoshev J. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – T.: 2020.
19. https://lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik bazasi.
20. https://cyberleninka.ru – ilmiy maqolalar bazasi.