Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda trikotaj-toʻquv sanoatining rivojlanish holati hamda yopqichli va uch ipli trikotaj toʻqimalarining yangi konstruktiv yechimlari oʻrganilgan. Tadqiqot jarayonida BAI YUAN rusumli aylana ignadonli trikotaj mashinasida uch xil variantdagi toʻqima namunalari ishlab chiqildi va ularning texnologik hamda fizik-mexanik koʻrsatkichlari eksperimental ravishda tahlil qilindi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, ip turlari va ularning tuzilishdagi joylashuvi trikotajning zichligi, qalinligi, elastikligi hamda mustahkamligiga sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Ayniqsa, spandeks ipi qoʻllanilgan variantlarda elastiklik va shaklni saqlash xususiyatlari yaxshilangani aniqlandi. Shuningdek, hajmiy zichlik, uzilish kuchi, nisbiy choʻzilish va ishqalanishga chidamlilik koʻrsatkichlari boʻyicha optimal variantlar belgilandi. Olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan yopqichli trikotaj toʻqimalarini ustki kiyim ishlab chiqarishda qoʻllash tavsiya etiladi.
References
Шогофуров Ш. Ш., Уралов Л. С. Анализ подребительского спроса на женскую домашнюю одежду //Экономика и социум. – 2020. – №. 2 (69). – С. 471-474.
2. Umarjonovna R. S. et al. Analysis of the Effect of Physical-mechanical Performance of Two-level Knitted Fabrics on Shape Stability //International Journal on Orange Technologies. – 2021. – Т. 3. – №. 2. – С. 43-47.
3. Suyarkulovna T. M. et al. IKKI QATLAMLI TRIKOTAJ TO’QIMASIDAN POYABZAL USTLIGI UCHUN QOLLANILADIGAN MATERIALLARNING TEXNOLOGIK VA FIZIK-MEXANIK KO’RSATGICHLARI TAHLILI //Interpretation and researches. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 34-40.
4. Uralov L. et al. Comprehensive evaluation of dictations of two layer knitted textile fabrics from cotton and polyester yarn //Universum: Technicheskie nauki. – 2022. – №. 6. – С. 99.
5. Uralov L. et al. Analysis of the effect of technological parameters of physical and mechanical indicators of two-layer knitted fabrics //American Institute of Physics Conference Series. – 2023. – Т. 2789. – №. 1. – С. 040120.
6. Tursunkulova M., Khalikov K., Yakubkhanov N. Research of physical and mechanical indicators of the upper part of the shoe on the basis of knitted knitting tissue //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. A7. – С. 866-875