Abstract
Mazkur maqolada Erix Mariya Remark hikoyalarida urush talqinining badiiy va g‘oyaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Remark asarlarida urush nafaqat tarixiy voqea, balki inson psixologiyasi, axloqi va dunyoqarashiga ta’sir etuvchi global falokat sifatida tasvirlanadi. Maqolada yozuvchi hikoyalarining mavzu ko‘lami, badiiy ifoda tarzi, g‘oyaviy yo‘nalishi hamda insonparvarlik va tinchlik g‘oyasining badiiy talqini yoritiladi. Shuningdek, Remarkning “yo‘qotilgan avlod” konsepsiyasi, urushdan keyingi insonning ruhiy izolyatsiyasi va antimilitaristik pozitsiyasi ochib beriladi. Tadqiqotda Remark hikoyalari misolida urush adabiyotining o‘ziga xos poetikasi va psixologik realizm uslubi tahlil qilinadi.
References
1. Remarque E. M. Der Feind und andere Geschichten. Köln: Kiepenheuer & Witsch, 1931.
2. Barker Ch., Last R. Erich Maria Remarque. London: Oswald Wolff, 1979.
3. Schneider Th. Erich Maria Remarque: Eine Biographie. Zürich: Diogenes, 2018.
4. Bekmuratova I. B. Nemis adabiyotida “yo‘qotilgan avlod” konsepsiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2017.
5. Qodirova D. R. XX asr jahon adabiyotining asosiy yo‘nalishlari. Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
6. Ekkehart M. Erinnerung und Identität im Werk von Erich Maria Remarque. München: Fink Verlag, 2012.