OLTIARIQ TUMANIDA KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING "FAOLLIK PARADOKSI": RO'YXAT O'SISHI VA FAOL SUBYEKTLAR KAMAYISHI O'RTASIDAGI TAFOVUTNING IQTISODIY TAHLILI
PDF

Keywords

tadbirkorlik subyektlari, faollik paradoksi, tugatilish dinamikasi, T/Y nisbati, hududiy iqtisodiyot, soliq muhiti, moliyaviy to'siqlar, tadbirkorlik faollik indeksi.

Abstract

Ushbu maqolada Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida kichik tadbirkorlik subyektlarining 2021–2025-yillar davomidagi rivojlanish dinamikasidagi "faollik paradoksi" hodisasi ilk bor kompleks ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi — ro'yxatga olingan subyektlar soni ko'paygan holda faol subyektlar ulushining 96,9 foizdan 58,6 foizga keskin pasayishi sabablarini aniqlash va 2025-yilda tugatilgan subyektlar sonining 501 taga oshishi hamda sof o'sishning manfiy (-188 ta) bo'lishini qo'zg'atgan iqtisodiy omillarni tasniflashdan iborat. Tadqiqotda statistik tahlil, o'zaro bog'liqlik (korrelyatsiya) usuli va hujjatli tahlil qo'llanildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, asosiy omillar — moliyaviy bosim (67% tadbirkorlarda kredit qiyinchiliklari), soliq muhitining 2025-yil o'zgarishi va makroiqtisodiy beqarorlik bo'lib, ushbu omillar birgalikda faollik inqirozini keltirib chiqargan. Maqolada hududiy "tadbirkorlik faollik indeksi" (TFI) metodologiyasi birinchi marta taklif etiladi.

PDF

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni. "O'zbekiston — 2030" strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida. — Toshkent, 2023.

2. Storey D.J. Understanding the Small Business Sector. — London: Routledge, 1994. — 355 b.

3. Audretsch D.B., Fritsch M. The Geography of Firm Births in Germany // Regional Studies. — 1994. — Vol. 28, No. 4. — B. 359–365. DOI: 10.1080/00343409412331348326

4. Djankov S., La Porta R., Lopez-de-Silanes F., Shleifer A. The Regulation of Entry // Quarterly Journal of Economics. — 2002. — Vol. 117, No. 1. — B. 1–37.

5. Klapper L., Laeven L., Rajan R. Entry Regulation as a Barrier to Entrepreneurship // Journal of Financial Economics. — 2006. — Vol. 82, No. 3. — B. 591–629.

6. Malikov T.S. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish. O'quv qo'llanma. — Toshkent: TDIU, 2022. — 280 b.

7. Oltiariq tumani Iqtisodiyot boshqarmasi. 2021–2025-yillar uchun kichik tadbirkorlik subyektlari dinamikasi bo'yicha ichki statistik hisobotlar. — Oltiariq, 2025. [Arxiv materiallari].