O‘ZBEKISTON PROKURATURASI: KECHA, BUGUN VA ERTAGA
PDF

Keywords

qonun, vazifa, prinsip, faoliyat, farmon, davlat, fuqaro, huquq, prokuratura, huquqni mohofaza qiluvchi organlar.

Abstract

Prokuratura huquqni muhofaza qilish idoralari tizimida alohida o`rinni egallaydi. Prokuratura (lotincha: procurare -“g`amxo`rlik qilish”) ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qo`zg`atish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organidir. Dastlab XII-XIV asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasi ham kiradi. Prokuraturaning bosh vazifasi, qonun ustuvorligini qaror toptirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat tuzumini, davlat va fuqarolarning mulklarini turli jinoyatchilar, huquqbuzarlardan himoya qilish hisoblanadi. Prokuratura nazorati davlat nomidan, davlatning oliy organi bo`lmish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan amalga oshiriladi.O`z yo`nalishlari bo`yicha ish olib borayotgan prokuratura tizimining bugungi kundagi tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Toshkent shahri prokuraturasi, viloyat prokuraturalari, shaharlar va tumanlar prokuraturalari,  va boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalardan iboratdir.

PDF

References

1) 257-II-сон 29.08.2001. “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonuni.

2) 8-sinf huquq darsligi “Huquq va Jamiyat” Toshkent-2019,192-bet.

3) https://lex.uz/docs/-106197

4) https://proacademy.uz/uz-lat/menu/obschie