Abstract
Globallashuv va jadal texnologik taraqqiyot sharoitida yoshlar tarbiyasida milliy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash dolzarb masalalardan biriga aylandi. Xitoy yosh avlodni tarbiyalashda milliy madaniy merosni saqlab qolish bilan birga zamonaviy taraqqiyot talablariga moslashtirishning o‘ziga xos modelini shakllantirgan davlatlardan hisoblanadi. Mazkur maqolada Xitoy tajribasi misolida yoshlar tarbiyasida milliy an’analar, madaniy o‘zlik, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hamda zamonaviy innovatsion yondashuvlarning uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim muassasalari, oila, davlat siyosati va ijtimoiy institutlarning yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviy barkamollik hamda global kompetensiyalar ruhida tarbiyalashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Konfutsiy ta’limoti asosidagi an’anaviy qadriyatlarning zamonaviy ta’lim maqsadlari bilan integratsiyalashuvi natijalari ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, milliy va zamonaviy qadriyatlarning uyg‘unligi yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga, ularning raqobatbardoshligi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Xitoy tajribasi milliy o‘zlikni saqlagan holda zamonaviy taraqqiyotga erishish yo‘lida boshqa davlatlar uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Bell, D. A. (2015). The China Model: Political Meritocracy and the Limits of Democracy. Princeton University Press.
2. Harari, Y. N. (2018). 21 Lessons for the 21st Century. Jonathan Cape, London.
3. Tan, C. (2017). Confucianism and Education. Routledge, New York.
4. UNESCO. (2024). Global Education Monitoring Report: Education and Youth Development. Paris: UNESCO Publishing.
5. Xi Jinping. (2022). The Governance of China (Vol. IV). Beijing: Foreign Languages Press.