Abstract
Maqolada natijaga asoslangan moliyalashtirishning iqtisodiy o‘sish samaradorligiga ta’siri byudjet munosabatlari, taqsimlash va nazorat funksiyalari, shuningdek, nobyudjet fondlar mexanizmlari bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar orqali resurslarni jamlash va yo‘naltirish amaliyoti iqtisodiyotni boshqarish hamda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga xizmat qiladi, biroq «kiritilgan resurs–sarflangan mablag‘» logikasi ustuvor bo‘lgan sharoitda o‘sish va ijtimoiy foyda to‘liq o‘lchanmasligi mumkin. Shu nuqtai nazardan natijaga asoslangan moliyalashtirish byudjet qarorlariga samaradorlik va samaralilikni o‘lchaydigan maqsadli ko‘rsatkichlarni kiritishni, rejalashtirish–ijro–baholash zanjirini yagona siklga birlashtirishni talab etadi. Xususan, O‘zbekistonda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish strategiyasi byudjet dasturlari doirasida maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash, natijalarni baholash va byudjet hamda nobyudjet resurslarini yagona natija logikasida muvofiqlashtirish vazifalarini dolzarb qiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 apreldagi 210-son qarori: “O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (O‘RQ-360). Маликов Т. Молия- хўжалик юрутувчи субектлар молияси. Ўқув қўлланма, Тошкент: «IQTISOD-MOLIYA», 2009, 288 б.
2. 19. Алешин В.А., Зотова А.И. Финансы. -Ростов н/Д: Феникс, 2009 г.-346 с.
3. 20. Финансы и кредит : учебное пособие / коллектив авторов ; под ред. О.И. Лаврушина. - 3-е изд., перераб. и доп. - М. : КНОРУС, 2012. -320 с.
4. OECD. Starting Strong V: Transitions from Early Childhood Education and Care to Primary Education. Paris: OECD Publishing, 2018.
5. World Bank. Improving Early Childhood Development: Global Strategies for Education Systems. Washington, DC, 2019.
6. Fullan, M. The New Meaning of Educational Change. New York: Teachers College Press, 2016.
7. Bush, T. Educational Leadership and Management: Theory, Policy, and Practice. London: Sage Publications, 2019.
8. Republic of Uzbekistan. Law on Preschool Education and Upbringing. Tashkent, 2021.
9. Karimov, B. Modern Management in Educational Institutions. Tashkent: Fan Publishing House, 2022.