Abstract
Mazkur maqolada sud hokimiyatining mustaqilligi huquqiy davlat barpo etishning muhim va ajralmas sharti sifatida ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil etilgan. Unda sud hokimiyatining mustaqilligi tushunchasi, uning institutsional va shaxsiy shakllari, huquqiy davlat tizimidagi o‘rni hamda jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashdagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, sud mustaqilligini kafolatlovchi konstitutsiyaviy, tashkiliy va moddiy-huquqiy mexanizmlar hamda ushbu tamoyilga tahdid soluvchi omillar tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimini isloh qilish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, sudyalarning maqomini mustahkamlash va sud jarayonlarining shaffofligini oshirishga qaratilgan islohotlar ham o‘rganilgan. Tadqiqot davomida sud hokimiyati mustaqilligining inson huquqlarini himoya qilishdagi roli ochib berilib, uni yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.