Abstract
Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti bilan birga tabiatga inson tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’sir kuchaymoqda. Iqtisodiy va ijtimoiy hayot darajasi oshishi, sanoat va qishloq xo‘jaligi, transport hamda qurilish ishlarining ko‘payishi natijasida yerning tabiiy holati o‘zgarib, muhofaza qilish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tuproqlarning ifloslanishi global muammolar qatoridan joy oldi. Tuproq – tirik jonzotlar hayotining asosi, qishloq va o‘rmon xo‘jaligining poydevori, tabiatning eng nozik va muhim qismi hisoblanadi. Bu injiq va murakkab modda sifatida inson hayotida o‘ta muhim vazifalarni bajaradi. Tuproqning tabiiy tarkibi, mexanik va kimyoviy tuzilmasi, muayyan hududning tabiiy va iqlimiy sharoiti, unda istiqomat qiluvchi jonivor va o‘simliklarning hayotiy faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omildir. Zamonaviy fan erishgan yutuqlar, global taraqqiyot, urbanizatsiya jarayonlari tufayli tuproqqa antropogen ta’sir kuchaygan. Binobarin, tuproq ifloslanishi va bu jarayonlarning oldini olish masalasi dolzarbligi bilan ajralib turadi.
References
Abdullayev, R. (2019). “Tuproq muhofazasi va antropogen omillar.” Ekologiya va Hayot, 6(2), 52-56.
2. Alimov, R.N. (2021). “O‘zbekiston tuproqlarining ifloslanishi va muammolari.” Tuproqshunoslik, 14(4), 90-97.
3. Protasov P. V., Niyozaliev I. N.,Toirov T. 3., Paxtachilikda agroximiya, Toshkent 1981
4. Zokirov T. S, Pochvenno-agroximicheskiye Osnovi xlopkovodstva, Toshkent 1987
5. I. N. Niyozaliev, T. Z. Toirov. Agrokimyo,Toshkent 2010
6. Numonjonov M.G., Parpiyev A.T., Bozorboyev Sh.A., Vakhobova Sh.A. Alkaloids in some medicinal plants (CAPPARIS L, HYPERICUM L, ACHILLEA L,) their structure and significance. SCIENCE AND EDUCATION scientific journal ISSN 2181-0842 volume 1, ISSUE 4. July 2020
7. Bozorboyev Shokhrukhbek,Hamzaliyeva Madinabonu.TECHNOLOGY OF GROWING, HARVESTING AND STORAGE OF LEMON PLANTS. Volume 2 Issue 9, September 2022 ISSN 2181-2020