NURIDDIN SOBUNIY VA UNING “ BIDAYA FI USULID DIN ” ASARI TAHLILI
PDF

Keywords

Nuriddin Sobuniy, Maturidiya, Hanafiya, kalom, fiqh, Bidaya fi Usulid Din, teologiya, Movarounnahr.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada Movarounnahrning yirik mutakallimlaridan biri — Ahmad ibn Mahmud ibn Abu Bakr Nuriddin Sobuniyning hayoti, ilmiy merosi va kalom ilmi maktabi rivojiga qo‘shgan hissasi keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sobuniyning hanafiy-moturidiya ta’limoti doirasida shakllangan ilmiy qarashlari, kalom va fiqh yo‘nalishlaridagi metodologik yondashuvlari hamda uning asarlarida aks etgan teologik-epistemologik tamoyillar manba asosida o‘rganildi.

Maqolada, xususan, “Bidaya fi Usulid Din”, “Kifoya fil Hidaya” va “Muntaqo min Ismatul Anbiya” asarlarining mazmuni, qo‘lyozma an’analari va ularning Maturidiya maktabi taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy tahlil qilinadi. Sobuniyning Faxriddin Roziy kabi mutafakkirlar bilan olib borgan ilmiy bahslari, uslubiy jihatdan sodda, ammo dalillarga boy bayon tarzi uning teologik merosini yanada muhimlashtirgan omillar sifatida baholandi.

Mazkur tadqiqot O‘zbekiston, Turkiya va xalqaro ilmiy nashrlardagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, Sobuniy merosining zamonaviy islomiy tadqiqotlar kontekstidagi ahamiyatini ochib beradi.

PDF

References

1. Abulhasanot Laknaviy (1906). Favaidul bahiya fi tarojimil hanafiya. Qohira: Dorus sa’adah.

2. Hoji Xalifa (1941). Kashfuz zunun a’n asamail kutub val funun. Bayrut: Dor ihyaut turos.

3. Laknaviy, A. (1906). Fawā’id al-Bahiyya fī Tarājim al-Ḥanafiyya. Cairo: Dār as-Saʿādah.

4. Nuriddin Sobuniy (1969). Bidaya minal kifaya fil hidaya fi usulid din // Fathulloh Xulayf tahqiqi. Misr, Dorul maorif.

5. Nuriddin Sobuniy Buhoriy _”Al Bidoya fi usulid din” T.:”hilol nashr”, 2020.

6. Pardayev, A. (2024). Life and Scholarly Activities of Nuriddin Sobuniy. Oriental Journal of History, Politics and Law, 4(10), 32–42.

7. Qurashiy, A. (1993). Javāhir al-Muḍiyya fī Ṭabaqāt al-Ḥanafiyya. Cairo: Dār al-Hijr.

8. Salim Buxoriy, S. (2012). Buxoroning Tabarruk Ziyoratgohlari. Buxoro.