Abstract
Ushbu maqola IX asrda yashab ijod qilgan buyuk islom olimi va mutafakkiri Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Hakim Termiziy hayoti, ilmiy merosi va tasavvufiy-ma’rifiy qarashlarini tahlil qiladi. Muallif Termiziyning nafaqat mashhur muhaddis va hanafiya huquqi bilimdoni, balki tasavvuf va ma’rifat falsafasining asoschilaridan biri sifatidagi o‘rnini yoritadi. Maqolada Termiziyning amaliy hayoti, ilmiy safarlari va mashhur sufiylar bilan aloqalari, shuningdek, uning ma’rifat nazariyasi batafsil ko‘rib chiqilgan. Xususan, maqolada Termiziy ma’rifatning uch asosiy unsuri – haqiqat, adolat va rostgo‘ylikni insonning amallari, qalbi va aqli bilan bog‘liq jihatlari orqali izohlaydi. Muallif Termiziy nazarida rostgo‘ylikning ma’rifat va axloqiy hayotdagi markaziy ahamiyatini, haq va adolat esa uning tashqi amaliy tatbiqi sifatida xizmat qilishini ta’kidlaydi. Maqola shuningdek Termiziyning fitriy aql va imon aqli tafovutini, haqiqiy ma’rifatni imon va basira orqali idrok qilish zarurligini yoritadi. Xulosa qilib aytganda, maqola Hakim Termiziy ilmiy-merosini zamonaviy ma’naviy va axloqiy kontekstda baholashga xizmat qiladi.
References
Abdul Muhsin Husayniy. Hakim Termiziy nazdida ma’rifat. – Qohira: Darul Kirabul Arobiy, 2011. – B. 171.
2. Hakim Termiziy. Ma’rifatul asror / Tarjimon Muhammad Tursunov. – Toshkent: Movarounnahr, 2018. – B. 7.
3. Hakim Termiziy. Xatmul avliyo. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya, 1925. – 592 b.
4. Knish A.D. Musulmon tasavvufi / Tarjimon Qodirqul Ro‘zmatzoda. – Toshkent: Fan Ziyasi, 2022. – B. 135.