Abstract
Oziq-ovqatlar sanoati XXI asrda texnologik taraqqiyot va urbanizatsiya natijasida sezilarli darajada o’zgardi. Tez tayyorlanadigan ovqatlar, sun’iy qo’shimchalar, konservantlar va yuqori qayta ishlangan mahsulotlar, shakar qo’shilgan mahsulotlarning keng tarqalishi kuzatilmoqda. Ushbu mahsulotlar bilan bir qatorda kamharaktlik, stress va noto’g’ri turmush tarziga rioya qilish xotin-qizlar sog’ligida bir qator kaslliklarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur maqolada zamonaviy oziq-ovqatlar shuningdek, jismoniy nofaollik sababli yuzaga kelayotgan kasalliklar va ularni davolash bo’yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar tahlil qilinadi.