Abstract
Ushbu maqola globallashuv jarayonida milliy o'ziga xoslikni saqlashning muhim vositasi bo'lgan milliy qadriyatlarning tarjima orqali ifodalanishida yuzaga keladigan murakkab muammolarni tahlil qiladi. Har bir xalqning ma'naviy merosi, turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlari til bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularni boshqa tilga o'tkazishda nafaqat lingvistik, balki madaniy ekvivalentlikni topish masalasi keskinlashadi. Maqolada tarjima jarayonida madaniy bo'shliqlar, kontekstning yo'qolishi, milliy tushuncha va terminlarning o'zga tilda to'liq aks etmasligi kabi asosiy to'siqlar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, tarjimonning madaniy kompetensiyasi va bu muammolarni bartaraf etishdagi mas'uliyati, madaniyatlararo muloqotda milliy qadriyatlarning asl mohiyatini saqlab qolishning nazariy va amaliy yechimlari muhokama qilinadi. Tadqiqot xulosalari milliy qadriyatlarni tarjima qilishdagi muammolarni chuqurroq anglash va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega.
References
Salomov G'. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent: "O'qituvchi", 1983.
2. Musaev K. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent: "Fan", 2005.
3. Nida, E.A. Toward a Science of Translating. – Leiden: E.J. Brill, 1964.
4. Komissarov V.N. Teoriya perevoda (Lingvisticheskie aspekti). – Moskva: "Visshaya shkola", 1990.
5. Karimov S.A. Badiiy tarjima va milliy o'ziga xoslik. – Toshkent: "Sharq", 2012.
6. Venuti, L. The Translator's Invisibility: A History of Translation. – London: Routledge.