Abstract
Ushbu maqolada ona obrazi jamiyatda uluglanadigan, biroq kundalik hayotda kopincha sukutdagi fidoiy sifatida namoyon boladigan timsol sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot Javlon Jovliyevning hikoyasi asosida olib borilib, unda mehnatkash, ozini unutgan va ichki fojiani boshidan kechirayotgan ona obrazi badiiy va ijtimoiy jihatdan yoritiladi. Hikoyadagi ayol qiyofasi diniy, tarixiy va zamonaviy qarashlar bilan qiyoslab organiladi.
Maqolada Sharq va Garb jamiyatlarida ayol va ona timsoliga bolgan munosabatlar solishtirilib, Sharqda onalik ruhiy jihatdan uluglanishi, ammo amaliy hayotda yetarli darajada etibor berilmasligi, Garbda esa ayol huquqlari kengroq taminlansa-da, onalikning manaviy mohiyati bazan ikkinchi planga tushib qolishi tahlil qilinadi. Hadislarda bayon etilgan onaga bolgan yuksak hurmat, tarixiy shaxslar hayotidagi ayol va ona mavqei hamda bugungi ijtimoiy voqelik ortasidagi farqlar ochib beriladi.
Shuningdek, onaning farzand tarbiyasidagi beqiyos orni, uning jamiyat manaviy poydevorini shakllantirishdagi roli misollar orqali yoritiladi. Tadqiqot natijasida ona nafaqat oilaning, balki jamiyatning ham yuragi ekani, biroq u kopincha sozda uluglanib, hayotda etiborsiz qolayotgani xulosalanadi.
References
1. Tohir Malik. Doka romol qachon quriydi. T.: Hilol-Nashr,2017. — 70 b.
2. O'tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. — Toshkent: Davr, 2018. — 30 b.
3. Said Ahmad. Ufq. -----— Toshkent: Adabiyot va sanat, 2015. 50 b.
4. Otkir Hoshimov. Ikki eshik orasi. — Toshkent: Asaxiy, 2025. — 120 b.
5. Javlon Jovliyev. Ayol. —Toshkent: Davr, 2024. — 3 b.
6. Mirkarim Osim. Zulmat ichra nur: Mushtum, 1995. — 85 b.