Abstract
Mazkur ilmiy maqolada belbog‘li kurashchilarni texnik-taktik jihatdan tayyorlash jarayonining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sportchilarning nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki texnik harakatlarni samarali bajarish va ularni musobaqa jarayonida to‘g‘ri taktik qarorlar bilan uyg‘unlashtira olishiga bog‘liqdir. Tadqiqot davomida texnik-taktik tayyorgarlikni rivojlantirishda koordinatsiya, muvozanat, tana idroki, funksional holat va innovatsion metodlarning o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida texnik va taktik tayyorgarlikni baholash hamda nazorat qilish usullari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari belbog‘li kurashchilar tayyorgarligini tizimli va ilmiy asosda tashkil etish sport natijalarining barqarorligini ta’minlashini ko‘rsatadi.
References
Xamroyev B.X., Safarov D.Z. Belbog‘li kurashchilarning funksional tayyorgarligi masalalari.
2.To‘xtasinov B.M. Belbog‘li kurashchilar texnik tayyorgarligini takomillashtirish uslublari.
3.Sultonov A.I. Belbog‘li kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligi nazariyasi.
4.Khakimov Sh.T. Innovatsion metodlar asosida belbog‘li kurashchilarni tayyorlash.
5.Artikov Z.S. Noan’anaviy mashqlar yordamida texnik harakatlarni rivojlantirish.
6.Muidinov M.R. Koordinatsiya qobiliyatlarining texnik-taktik tayyorgarlikdagi roli.