TARJIMADA MADANIY MOSLIKNING AHAMIYATI
PDF

Keywords

Tarjima, madaniyat, til, muloqot, milliy kolorit, aloqa konsepsiyasi, metadologya.

Abstract

Ushbu maqolada tarjima jarayonida madaniy moslikning ahamiyati yoritilgan. Maqolada tarjimonning faqat til bilimiga emas, balki madaniy tafovutni tushunish, uni saqlab qolish, mohirlik bilan muqobil so‘z yoki ibora tanlash qobiliyatiga ham e’tibor qaratiladi. Til va madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgani sababli, tarjimada madaniy kontekstni saqlash zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, madaniy moslikni saqlagan holda bajarilgan tarjimada asarning tabiiyligi va ta’sir kuchi oshishi ta’kidlanadi.Maqolada madaniy farqlar e’tibordan chetda qolgan holatlarda mazmun buzilishi, noto‘g‘ri talqin yoki muloqotda uzilish yuzaga kelishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan.. Tarjimonning xalqona bilimga ega bo‘lishi, matn kimga mo‘ljallanganini anglab ishlashi hamda o‘quvchi madaniyatiga mos ifodalarni tanlashi tarjima sifatini oshirishi ta’kidlanadi. O‘rganish natijalari madaniy moslikka amal qilish turli xalqlar orasidagi tushunishni osonlashtirishi va tarjimaning hayotiy hamda aniq bo‘lishiga xizmat qilishini tasdiqlaydi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, tarjimon asarni bir tildan ikkinchi tilga o‘tkazibgina qolmay, balki madaniyatlararo muloqotni amalga oshiruvchi asosiy ko‘prik vazifasini bajaradi.

PDF

References

. Achilov O. Hozirgi zamon tilshunosligida ilgari surish hodisasini tadqiq etishning nazariy asoslari. – Toshkent: Factor Press, 2023. – 2 b.

2. Achilov O. Badiiy matnlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan transformatsiya va ularning qiyosiy tahlili. – Toshkent: Factor Press, 2023. – 8 b.

3. Mamarasulova G. A. Ingliz romantizm adabiyotida sharqqa yaqinlashuv hodisasi // O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti konferensiyalari materiallari. – Toshkent, 2024. – B. 955–958.

4. Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent: Fan, 1983. – 256 b.

5. Salomov G‘. Badiiy tarjima va milliy kolorit. – Toshkent: Fan, 1978. – 180 b.

6. Komissarov V. N. Sovremennoye perevodovedeniye. – Moskva: ETS, 2002. – 424 s.

7. Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. – London: Routledge, 2011. – 332 p.

8. Nida E. A. Toward a Science of Translating. – Leiden: E. J. Brill, 1964. – 331 p.

9. Newmark P. A Textbook of Translation. – New York: Prentice Hall, 1988. – 292 p.

10.Mahmadiyor Asadov. (2025). A Brief Review Of Vilen Komissarov’s Theory Of Equivalence. International Journal Of Literature And Languages, 5(12), 86–89.