Abstract
Ushbu ishda qattiq jismning tayanch reaksiyalarini aniqlash masalasi statika va mustahkamlik nazariyasi nuqtayi nazaridan yoritilgan. Tayanch reaksiyasi tushunchasi, ularning turlari (normal, ishqalanish va taranglik kuchlari) hamda bog‘lanish reaksiyalari batafsil izohlangan. Qattiq jism muvozanat shartlari — kuchlar va momentlar yig‘indisining nolga tengligi asosida tayanch reaksiyalarini aniqlash usullari bayon etilgan. Kuchlarning o‘qlardagi proeksiyalari va kuch momenti tushunchasi nazariy hamda amaliy misollar orqali tushuntirilgan. Shuningdek, qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas sharnirli tayanchlar, qistirib mahkamlangan tayanchlarning mexanik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Mavzu avtomobil yo‘llari muhandisligida ko‘priklar, estakadalar va yo‘l inshootlarining mustahkamligi hamda barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati bilan asoslab berilgan. Tayanch reaksiyalarini to‘g‘ri aniqlash yo‘l konstruksiyalarining xavfsiz, uzoq muddatli va iqtisodiy samarali ishlashini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib o‘tilgan.
References
1. Т.Rashidov va boshqalar. Nazariy mехаnikа аsoslari.Т.: O’qituvchi, 2020 y.
2. И.В. Мешчерский. Назарий механикадан масалалар тўплами. Т.: Ўқитувчи, 1986-1989 й.
3. М.М.Мirsaidov va boshqalar. Nazariy va amaliy mexanika. I-qism. Т.:Adabiyot, 2023y, 398b.
4. P.Shoxaydarova, Shoziyotov, Sh.Zoirov “Nazariy mexanika” darslik.Toshkent 1991 yil.
5. I.V. Meshcherskiy. Nazariy mexanikadan masalalar to‘plami o‘quv qo‘llanmasi. Toshkent 1989 yil