Abstract
Ushbu maqolada bo‘lajak ofitserlarning kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirishda pedagogik omillarning o‘rni yoritilgan. Harbiy ta’lim jarayonida muloqot madaniyatini shakllantirish bo‘lajak ofitserlarning rahbarlik salohiyatini, ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini va kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada kasbiy muloqotning mazmuni, pedagogik ta’sir vositalari, samarali ta’lim texnologiyalari va tarbiyaviy yondashuvlar asosida amaliy tavsiyalar keltirilgan.