Abstract
Mazkur maqolada iqtisodiy liberalizm tushunchasi, uning nazariy asoslari hamda iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida iqtisodiy liberalizm sharoitida davlatning iqtisodiy siyosatdagi roli, vazifalari va funksional chegaralari aniqlab berilgan. Bozor mexanizmlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda siyosiy va institutsional omillarning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, iqtisodiy erkinlik, raqobat muhiti va xususiy sektor faolligining iqtisodiy o‘sishga ta’siri yoritilgan. Maqolada iqtisodiy liberalizmning amaliyotda qo‘llanishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar, jumladan ijtimoiy tengsizlik, davlat ishtirokining qisqarishi va bozor beqarorligi bilan bog‘liq xavf-xatarlar tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar misolida iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonining mazmuni va ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy liberalizm va davlat iqtisodiy siyosati o‘rtasidagi optimal nisbatni shakllantirish barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.03.2020 yildagi PF-5975-son https://lex.uz/docs/-4776669
2. Q.S.Maxmudov “Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy siyosatining amal qilishi” Журнал Journal of marketing, business and management 2025 https://cyberleninka.ru/article/n/rivojlangan-mamlakatlarda-iqtisodiy-siyosatining-amal-qilishi
3. Guliston davlat universiteti professorlari tomonidan yozilgan “Iqtisodiy siyosatga kirish” https://www.renessans-edu.uz/files/books/2024-12-04-12-22-48_13b092f8215fbcfc349fa0f87b82ad17.pdf
4. Mamatov Akbar Baxtiyorovich “O'zbekiston iqtisodiy siyosatining rivojlanishi va uning barqaror iqtisodiy o'sishga ta'siri” Published December 21, 2024 | Version v1 https://zenodo.org/records/14541351
5. Sherboyev Komiljon Rahmonberdiyevich “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari” Журнал Journal of marketing, business and management 2024 https://cyberleninka.ru/article/n/iqtisodiyotni-davlat-tomonidan-tartibga-solish-mexanizmlari
6. Mirshod Tolibov “Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari va iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni: tarixiy rivojlanish, asosiy yo‘nalishlar va zamonaviy tamoyillar” Modern Science and Research, 4(1), 895–904. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/64010
7. https://www.scribd.com/document/749132737/Davlatlarning-iqtisodiyotdagi-o-rni
8. Wikipedia https://uz.wikipedia.org/wiki/Liberalizm
9. Wikipedia https://uz.wikipedia.org/wiki/Liberalizatsiya