YERDAN FOYDALANISH VA YER TURLARINING O`ZGARISH HOLATINI GEOFAZOFIY MA`LUMOTLAR ASOSIDA TAHLIL QILISH MASALALARI
PDF

Keywords

yerdan foydalanish, yer qoplami, geofazoviy ma’lumotlar, GIS, masofadan zondlash, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish, land use change, barqaror rivojlanish.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada yerdan foydalanish va yer turlarining zamonaviy sharoitda o‘zgarish holatini geofazoviy ma’lumotlar, masofadan zondlash, geografik axborot tizimlari  hamda sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish algoritmlari asosida tahlil qilish masalalari keng va chuqur yoritilgan. Tadqiqotda kosmik suratlar (Landsat, Sentinel), raqamli yer modellaridan (DEM), statistik va atribut ma’lumotlardan kompleks foydalanish orqali yerdan foydalanish dinamikasi, antropogen bosim, urbanizatsiya jarayonlari, qishloq xo‘jaligi yerlarining transformatsiyasi va ekologik barqarorlik ko‘rsatkichlarini baholash yondashuvlari ishlab chiqilgan. Maqolada klassik GIS tahlil usullari bilan bir qatorda chuqur o‘rganish (Deep Learning), neyron tarmoqlar, tasvirlarni avtomatik klassifikatsiyalash va prognozlash modellarining afzalliklari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari hududiy rejalashtirish, yer resurslarini boshqarish, barqaror rivojlanish monitoringi va davlat yer kadastri tizimlarini takomillashtirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

PDF

References

Jensen J.R. Remote Sensing of the Environment. – New York: Pearson, 2016.

2. Longley P.A., Goodchild M.F., Maguire D.J. Geographic Information Systems and Science. – Wiley, 2015.

3. Foody G.M. Status of land cover classification accuracy assessment. Remote Sensing of Environment, 2020.