Abstract
Mazkur maqolada buyuk sarkarda, davlat arbobi va adib Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asarining tarixiy va adabiy ahamiyati tahlil qilinadi. Asarda XV–XVI asrlarda Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindiston hududlarida yuz bergan muhim siyosiy voqealar, ijtimoiy munosabatlar, tabiiy-geografik muhit hamda muallifning shaxsiy kechinmalari haqqoniy va xolis tarzda yoritilgani ilmiy asosda ochib beriladi. Shuningdek, Boburning sodda va ravon bayon uslubi, kuzatuvchanligi, tarixiy voqealarni aniq tasvirlash mahorati hamda “Boburnoma”ning o‘zbek nasri taraqqiyotidagi o‘rni yoritiladi. Maqolada asarning jahon tarixshunosligidagi mavqei va bugungi kundagi ilmiy-amaliy ahamiyati ham baholanadi.
References
1. Abdurashid Abdug‘afurov. O‘zME. 1-jild. Toshkent, 2000.
2. Азимджанова С. Государство Бабура в Кабуле и в Индии. Москва,1977.
3. O‘zbek adabiyoti tarixi. 3 jild. Toshkent, 1978.
4. Jalilov S. Bobur haqida o‘ylar. Toshkent: Sharq, 2006.
5. Muhiddinov Z. Bobur Mirzo. Andijon: Andijon nashriyot-matbaa, 2005.