Abstract
Tarjimada muloqot maqsadi va tarjimonning roli: ikki madaniyat orasidagi samarali ko'prik. Ushbu maqola tarjimada muloqot maqsadining muhimligini va tarjimonning ushbu jarayondagi markaziy rolini tahlil qiladi. Tarjima faqatgina so'zlarni bir tildan ikkinchisiga o'tkazish emas, balki ikki madaniyat va til o'rtasida samarali aloqani ta'minlashdir. Muloqot maqsadi matnni yangi tilda aniq, tushunarli va maqsadli auditoriyaga mos tarzda yetkazishni nazarda tutadi. Tarjimon nafaqat lingvistik jihatlarni, balki mazmun, madaniyat va kontekstni ham hisobga olishi shart. Tadqiqot muloqot maqsadining matnning asl mazmunini saqlashdagi, madaniy va lingvistik kontekstga moslashishdagi, shuningdek, madaniyatlararo muloqotni ta'minlashdagi o'rnini o'rganadi. Shuningdek, u tarjimonning ma'lumot uzatish vositachisi, madaniyatlararo ko'prik va o'zaro tushunishni ta'minlovchi shaxs sifatidagi asosiy vazifalarini ko'rib chiqadi. Amaliy misollar va nazariy asoslar orqali, ushbu ish samarali tarjimaning asosiy omillarini tushuntiradi.
References
1. Kamburova, L. (2008). Tarjimonlikning nazariy asoslari. Sankt-Peterburg: Filologiya nashriyoti
2. Baker, M. (2018). In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge
3. Artur, K.D. “The Adventures of Sherlock Holmes (Retold by Katarzyna Duda). / tarjimasi D. Boyliyeva. Toshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2017
4. Rashidova, N. B. ACTIVE, COMMON WORDS-ARABISMS OF THE SPHERE OF EDUCATION IN THE UZBEK LANGUAGE.
5. Mahmadiyor Asadov. (2025). A Brief Review Of Vilen Komissarov’s Theory Of Equivalence. International Journal Of Literature And Languages, 5(12), 86–89.
6. Mamarasulova, S. S. (2025). Reklama tarjimasining ahamiyati va o‘ziga xos jihatlari. International Multidisciplinary Research in Academic Science (IMRAS), 8(2),