Abstract
Ushbu maqolada Normurod Norqobilovning “Oqbo‘yin” va Ernest Seton – Tompsonning “Lobo” hikoyalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida hayvon qahramonlar orqali inson – tabiat munosabatlari, ijtimoiy xatti - harakatlar hamda badiiy strategiyalar tahlili turadi. Norqobilov asarida hayvonlar allegorik obraz sifatida insoniy axloq, ma’suliyat va jasoratni aks ettiradi, dramatik va metaforik yondashuv yordamida ijtimoiy qadriyatlarni ifodalaydi. Shu bilan birga, Tompson hikoyasida hayvonlarning xatti- harakatlari ekologik qonuniyatlar va tabiiy reflekslar asosida realistik tarzda namoyon etiladi, hududiy ustunlik va resurslarni boshqarish strategiyasi markazga qo‘yiladi. Tezisda ikki yozuvchining badiiy yondashuvlari, allegorik va ekologik kontekstlari, shuningdek antropomorfizm va biologik harakatlar orqali inson va tabiat o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlik solishtiriladi. Tadqiqot natijalari hayvon obrazlarining o‘zbek va xorijiy adabiyotdagi vazifasi, badiiy metodlari va ijtimoiy – axloqiy ma’nolarini o‘rganishda ilmiy ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi.
References
1. A.Xoliqovich. O’zbekiston: til va madaniyat// Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. – Toshkent, 2023, - B.14.
2. Allegorik vositalar dunyo tilshunoslari talqinida, International Journal of Philosphical Studies and Social Science. B.124 – 126.
3. The Importance of Ernest// Literary Review of Canada: A Journal of Ideas. – 2014, September.
4. Mahmadiyor. Asadov. Ijodkor shaxs tabiati yoxud poetik taffakkur modeli// Uzbekistan: Language and Culture. – 2025.
5. N. Norqobilov. Oqbo’yin. – Toshkent, 2013.
6. Xayrullayev, A. (2025, July). НОРМУРОД НОРҚОБИЛОВ ҲИКОЯЛАРИДА ОНОМАСТИКА. In Conferences (Vol. 1, No. 1).
7. Xayrullayev, A. (2024). N. NORQOBIL HIKOYALARI KOMPOZITSIYASI. In Conferences (Vol. 1, No. 1).
8. Asadov, M. (2025, July). HOMO POETIKUS KONSEPSIYASI: NAVOIY VA RUMIY. In Conferences (Vol. 1, No. 1).
9. Asadov, M. (2023). SIZIF HAQIDA MIF: KAMYU VA XURSHID DO ‘STMUHAMMAD. In Conferences (Vol. 1, No. 1).