Abstract
Chet el huquqi normalarining mazmunini aniqlash - xususiy xalqaro huquqdagi eng murakkab va eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chet el huquqi normalarining mazmunini aniqlash - bu faqat huquqiy texnika masalasi emas, balki xalqaro hamkorlik, ishonch va adolat tamoyillariga asoslangan murakkab jarayondir. Xalqaro huquqiy munosabatlar tobora kengayib borayotgan bir paytda, bu jarayonning to’g`ri yo’lga qo’yilishi sud amaliyotining aniqligi va adolatni ta’minlash uchun muhimdir. An’anaviy doktrinalarda chet el huquqi unga tayanayotgan huquq subyektlari tomonidan isbotlanishi lozim bo’lgan fakt sifatida ko’riladi, biroq zamonaviy amaliyotda ko’plab yurisdiksiyalar yanada moslashuvchan, hamkorlikka asoslangan va sudlarning faol rol o’ynaydigan yondashuvga o’tmoqda. Ushbu maqola chet el huquqini aniqlash bilan bog`liq asosiy nazariy yondashuvlar va amaliy mexanizmlarni o’rganadi hamda AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya davlatlari kabi turli yurisdiksiyalardagi amaliyotni taqqoslaydi. Sud amaliyoti, qonunchilik hujjatlari va doktrinal bahslarni tahlil qilish orqali maqola mavjud muammolarni yoritadi va yondashuvlarni uyg`unlashtirish hamda transmilliy nizolarda huquqiy aniqlikni oshirishga qaratilgan tavsiyalar beradi
References
1. Xalqaro xususiy huquq : Darslik / mualliflar jamoasi || y.f.d I. Rustambekov umumiy tahriri ostida
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (1160-modda)
3. Regulation (EC) No 593/2008 of the European Parliament and of the Council of 17 June 2008 on the law applicable to contractual obligations (Rome I).
4. Regulation (EC) No 864/2007 of the European Parliament and of the Council of 11 July 2007 on the law applicable to non-contractual obligations (Rome II).
5. Convention on the Law Applicable to Contractual Obligations (Rome Convention, 1980).
6. Hartley, T. C. International Commercial Litigation: Text, Cases, and Materials on Private International Law. Cambridge University Press, 2015.
7. Nygh, P. E. Autonomy in International Contracts. Clarendon Press, Oxford, 1999.
8. Dicey, Morris & Collins. The Conflict of Laws. 16th edition, Sweet & Maxwell, London, 2022.