Abstract
Ushbu maqolada G‘afur G‘ulomning “Netay” qissasida uchraydigan va bugungi kunda kamdan kam qo‘llaniladigan, zamonaviy tilimizda foydalanilmay qo‘yilgan argolar, ularning lingvistik xususiyatlari, mazmuniy vazifasi va badiiy matnning ekspressivligini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Argolar nutqiy jarayonda yashirin ma’no yaratish, personaj xarakterini ochish va ijtimoiy guruh tilini ifodalash vositasi sifatida baholanadi. Tadqiqot davomida qissadagi argo birliklar semantik, funksional va stilistik nuqtai nazardan o‘rganildi. Natijada, argo birliklarning badiiy asardagi kommunikativ yuklamasi, mif va submadaniyat unsurlari bilan aloqasi aniqlanadi.
References
1. Erkinova M. O‘zbek tilida jargon, argo, slenglarning qo‘llanishi. -Toshkent. https://tsuull.uz. 49-b.
2. Omonturdiyev A., Abduraimova Sh. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati. -Toshkent, 2016. 61-b.
3. Sodiqov H., Jo‘rayev N. Turkiston Chorizm davrida. -Toshkent: aksiyadorlik kompaniyasi, 2011.
4. G‘afur G‘ulom. Netay(qissa). -Toshkent:G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.