SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI: O‘ZBEKISTON HUDUDLARI MISOLIDA TAHLILI

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko‘rsatayotgan ta’siri tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududiy raqamli infratuzilma darajasi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida SI integratsiyasi, davlat boshqaruvida raqamli yechimlarning joriy etilishi va ularning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri ilmiy asosda o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning turli hududlari bo‘yicha ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport-logistika va xizmatlar sektorlarida SI texnologiyalarining qo‘llanishi mavjud ma’lumotlar va ochiq statistika asosida solishtirma tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari SI hududlar o‘rtasidagi raqamli tafovutni kamaytirishda, resurslardan samarali foydalanishda, investitsiyalarni oshirishda va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi. Maqola yakunida O‘zbekiston hududlarida SI texnologiyalarini yanada keng joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

PDF

References

1. Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2017). Machine, Platform, Crowd: Harnessing Our Digital Future. New York: W. W. Norton & Company.

2. Autor, D. (2019). The Work of the Future: Shaping Technology and Institutions. MIT Press.

3. Porter, M. E. (1998). Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review, 76(6), 77–90.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020). “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. PQ–6079-son qaror.

5. Ma’murov B.X. Raqamlashtirish sharoitida hududlar iqtisodiyoti tarkibini takomillashtirish // Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent 2023, 60 bet.

6. Намазов Г.Ш. Ҳудуд макроиқтисодий кўрсаткичларини прогноз қилишда ARIMA модели ва сунъий нейрон тўр (ANN) воситаларини таққослаш //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 1018-1032.

7. Abdullayev Ulug‘bek Maxmudovich, Axmedov Bexruz Ibroxim O‘g‘li. Sun’iy intellektning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi roli va imkoniyatlari // Raqamli iqtisodiyot (Tsifrovaya iqtisodiyot). 2024. №9. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sun-iy-intellektning-iqtisodiy-samaradorlikni-oshirishdagi-roli-va-imkoniyatlari (maʼlumotlar manzili: 11.12.2025).