YO’RIQNOMALAR TARJIMASI
PDF

Keywords

yo‘riqnoma tarjimasi, texnik matn, terminologiya, pragmatik ohang, standartlashtirish, madaniy adaptatsiya, foydalanuvchi xavfsizligi, grafik elementlar, funksional ekvivalentlik, so‘zma-so‘z tarjima.

Abstract

Ushbu maqola yo‘riqnomalar tarjimasining ahamiyati va uning xususiyatlarini chuqur tahlil qiladi. Unda yo‘riqnomalarning texnik, maishiy hamda dori vositalari bo‘yicha turlari ko‘rib chiqilgan va ularning foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash, aniq va tushunarli muloqotni yaratish hamda texnik izchillikni saqlashdagi roli yoritilgan. Shuningdek, maqolada tarjimonning vazifalari ham batafsil ko‘rib chiqilgan: terminlarni bir xil uslubda standartlashtirish, matnning pragmatik ohangini saqlash, grafik elementlar va diagrammalarni to‘g‘ri joylashtirish, hamda madaniy kontekstga moslash (adaptatsiya) kabi masalalar muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.

Maqolada, shuningdek, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan asosiy strategiyalar – so‘zma-so‘z tarjima, funksional ekvivalentlik, matnni qisqartirish yoki kengaytirish, va terminlarni standartlashtirish – tahlil qilingan. Muallif zamonaviy texnologiya rivojlanishi va chet mamlakatlardan kelayotgan mahsulotlar ko‘pligi fonida yo‘riqnomalar tarjimasining nafaqat amaliy, balki ilmiy ahamiyatini ham alohida ta’kidlaydi.

PDF

References

1. Gile, D. (2009). Basic Concepts and Models for Interpreter and Translator Training. Amsterdam: John Benjamins.

2. Newmark, P. (1988). A Textbook of Translation. London: Prentice Hall.

3. https://www.elstranslations.com/textbook-translation/

4. https://scispace.com/papers/a-textbook-of-translation-4feui64bvg