Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida yashil moliyalashtirish instrumentlarining roli va samaradorligi tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda mamlakatmizda barqaror taraqqiyotga erishish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu munosabat bilan yashil obligatsiyalar, yashil kreditlar, qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturlari va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik mexanizmlari kabi moliyaviy instrumentlarning amaldagi holati va natijadorligi o‘rganiladi. Maqolada ushbu instrumentlardan foydalanishning iqtisodiy samaralari, ularni tatbiq etishda uchrayotgan institutsional va huquqiy muammolar, shuningdek, xalqaro tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini jadallashtirish hamda moliyaviy barqarorlikni oshirishda muhim hisoblanadi.
References
1. Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi - https://lex.uz/docs/-4539502
2. Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida - https://lex.uz/ru/docs/-107115?ONDATE2=01.01.2024&action=compare
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida - https://lex.uz/docs/-4539502
4. “Yashil energiya” Konsepsiyasi
5. 2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida -https://lex.uz/uz/docs/-6385716
6. https://lex.uz/ru/docs/-6622631
7. Milliy “Yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida - https://lex.uz/uz/docs/-6644013
8. Oʻzbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida - https://lex.uz/uz/docs/-7245895