USMON AZIM HIKOYALARIDA SYUJET VA KOMPOZITSIYANING BADIIY- FALSAFIY BIRLIGI
PDF

Keywords

Usmon Azim, syujet, kompozitsiya, falsafiylik, modernizm, magik realizm, milliy tafakkur, ruhiy kechinma, zamon, psixologizm.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek zamonaviy hikoyachiligining yirik vakili Usmon Azim asarlarida syujet va kompozitsiyaning o‘zaro uyg‘unligi, ularning badiiy-falsafiy birlikda namoyon bo‘lishi tahlil qilingan. Muallif hikoyalarida syujet voqealari tashqi harakatlardan ko‘ra, inson ruhiyati, ichki kechinmalar, xotira, tush, zamon va mavjudlik haqidagi falsafiy mushohadalar orqali shakllanadi. Kompozitsiya esa bu syujetlarning badiiy yaxlitligini ta’minlovchi va falsafiy mazmunni ochuvchi mexanizm sifatida talqin etiladi. Maqolada “Jodu”, “Birovning umri”, “Alpomish va Qorajon”, “Siz bilmaydigan zamonlarda” kabi hikoyalarda syujet va kompozitsiyaning estetik-falsafiy jihatdan uyg‘unlashuvi tahlil etilib, Usmon Azim ijodining modernizm, magik realizm va milliy tafakkurga asoslangan badiiy xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari adib hikoyalarida syujet va kompozitsiya o‘rtasidagi uyg‘unlik inson ruhiyati va hayot falsafasini ochishda asosiy badiiy vosita ekanini ko‘rsatadi.

PDF

References

1. Азимов У. Жоду. – Т.: Шарқ, 2003. – 336 б.

2. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари.–Т.: Ўзбекистон, 2001. – 560 б

3. Hamdamov U. Jahon adabiyoti: modernizm va postmodernizm. – T.: Akademnashr, 2020.

4. Қуронов Д. Адабиётшуносликка кириш. – Т.: Фан, 2007. – 228 б.