GIDROPONIYA SHAROITIDA HOSIL OLISH USULLARINI SAMARALI OSHIRISH YO‘LLARI
PDF

Keywords

gidroponiya, hosildorlik, eritma, oziqa moddalari, avtomatlashtirish, yoritish, monitoring, suv tejash, mikroiqlim, samaradorlik.

Abstract

Gidroponiya zamonaviy qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni tuproqsiz muhitda parvarishlash va yuqori hosildorlikka erishishda muhim texnologik yechim sifatida tobora ko‘proq e’tibor qaratilayotgan yo‘nalishlardan biridir. Unda o‘simliklarning ildizlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvli yoki maxsus oziqlantiruvchi eritmaga joylashtiriladi va barcha ozuqa moddalari nazorat ostida yetkaziladi. Sohada jarayonlarning avtomatlashtirilgan tarzda boshqarilishi, muhit parametrlarining doimiy nazorat qilinishi va aniq tartibga solinishi yuqori natijalarga erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu metod yordamida nafaqat tuproq sifatiga hojat yo‘q, balki turli tabiiy va iqlimiy cheklovlar ham bartaraf etiladi. Chunki gidroponik tizimlar yopiq, muhofazalangan muhitda amalga oshiriladi va tashqi omillar o‘simliklarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu bois, gidroponiya asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda samaradorlikni oshirishda innovatsion texnologiyalar, ilg‘or boshqaruv va doimiy monitoring alohida ahamiyatga egadir.

PDF

References

Abdullaeva, N. (2018). “Gidroponika tizimini joriy etishning innovatsion jihatlari”. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi, 4(3), 112-118.

2. Aminova, S. (2019). “Gidroponika asosida sabzavotchilik madaniyatini rivojlantirish”. Agrar Fanlar, 1(2), 25-29.

3. Boboyorov, X. (2020). “Gidroponik usulda o‘simlik parvarishi va hosildorlik ko‘rsatkichlari”. Yangi Agrotexnologiyalar, 5(4), 88-94.

4. Islomov, D. (2019). “Gidroponik texnologiyalarda suvdan samarali foydalanish usullari”. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya, 2(1), 72-76.

5. Jabborov, M. (2017). “Gidroponika usulini tadbiq etish va uni takomillashtirish yo'llari”. O‘zbekiston Agrariy Ilmiy-amaliy Jurnali, 3(2), 54-60.

6. Matmurodova, G. (2021). “Yopiq hududlarda gidroponika asoslarini joriy etish tajribalari”. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, 2(3), 41-46.

7. Nazarova, Z. (2022). “Gidroponik tizimlarda ozuqa eritmalarini samarali qo‘llash usullari”. Fan va taraqqiyot, 7(1), 51-57.