RICINUS COMMUNIS L. O‘SIMLIGINING TARQALISH AREALI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
PDF

Keywords

Ricinus communis L., kanakunjut, ritsin moyi, texnik ekin, morfologik xususiyatlar, tarqalish areali, agroekologiya, yog‘li urug‘lar, invaziv tur, seleksiya.

Abstract

Ushbu maqolada Ricinus communis L. (kanakunjut) o‘simligining kelib chiqishi, tarqalish areali hamda biologik va xo‘jalik jihatdan muhim xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda kanakunjutning vatani Sharqiy Afrika ekani, hozirda esa tropik va subtropik mintaqalarda keng ekilayotgan global texnik ekin sifatidagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. O‘simlikning morfologik tuzilishi, ekologik talablariga ko‘ra issiqsevar, yorug‘sevar va o‘rtacha sernam sharoitlarni afzal ko‘rishi aniqlangan. Urug‘ida 47–59% yog‘ mavjud bo‘lib, undan olingan kastor (ritsin) moyi qator sanoat tarmoqlarida – plastmassa, sintetik tolalar, aviatsiya moylash materiallari, gigiena va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llanilishi asoslab berilgan. Shuningdek, kanakunjutning tur ichida shakllangan kenja turlari, ularning seleksiya jarayonidagi ahamiyati va ekotizimlarga introduksiya qilinganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan invaziv xususiyatlari yoritilgan. Olingan ma’lumotlar o‘simlikning agrotexnik yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

PDF

References

Минкевич И.А., Борковский В.Е. Масличные культуры. 1955г. стр. 322-323.

2. Kammili Anjani «A re-evaluation of castor (Ricinus communis L.) as a crop plant» CAB International 2014 (Online ISSN 1749-8848).

3.Купранович И.П., Ивашин В.М..Токсикологическая характеристика отравления рицином/ – 2018.

4.Содиков С.И. и др. Перспективы выращивания клещевины в Узбекистане и мировой опыт // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2019. № 4 (61).

5.https://ecosystema.ru/07referats/cultrast/038.htm