Abstract
Ushbu tadqiqotda fizika ta’lim jarayonini fanlararo integratsiya tamoyillari asosida tashkil etishning zamonaviy metodik yo‘nalishlari hamda bu jarayonda raqamli texnologiyalarning o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Integratsion yondashuv ta’lim mazmunini yaxlit tizim sifatida ko‘rib chiqishga, o‘quvchilarda fanning hayotiy amaliy ahamiyatini anglashga va tahliliy fikrlash, innovatsion tafakkur hamda ilmiy tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Raqamli vositalar — virtual laboratoriyalar, simulyatsion dasturlar, onlayn test tizimlari, sun’iy intellekt va 3D-modellashtirish texnologiyalari — fizika darslarini vizual, interaktiv va o‘quvchiga yo‘naltirilgan shaklda tashkil etish imkonini beradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli integratsiya asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni o‘quvchilarning bilish faolligini oshiradi, fanlararo bog‘liqlikni chuqurroq anglash imkonini yaratadi va ta’lim samaradorligini 30–40% ga oshiradi.
References
1. PhET Interactive Simulations, University of Colorado Boulder.
2. Samatov G.B., Tojiev A.A. “Fizika ta’limida innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalar”, Toshkent, 2023.
3. UNESCO. Digital Transformation in Education, 2022.
4. Joraev M., Samatov G.B. “Integrativ ta’limda fizika fanining metodik imkoniyatlari”, GulDU axborotnomasi, 2021.
5. OECD. AI and Future of Education, 2023.