TOGʻAY MUROD ASARLARIDA SHEVAGA XOS SOʻZLAR ISHLATILISHI VA MA’NOSI (,,YULDUZLAR MANGU YONADI’’ ASARI TAHLILIDA.)
PDF

Keywords

Togʻay Murod, toboq, olish, halol, chil berish, samovar, jelak, davra, polvon, oshna, toʻn, bova, jayronxona.

Abstract

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asarida xalq tili va shevaga xos so‘zlarning qo‘llanishi tahlil etilgan. Asarda uchraydigan yag‘rini, ulpi tomirlar, undaychikin, bakovul, noxiya, moyak kabi so‘zlarning ma’no qatlamlari, ularning badiiy-estetik vazifasi hamda xalqona ruh yaratishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada yozuvchi sheva unsurlaridan foydalanish orqali qahramonlarning nutqini tabiiy, jonli va milliy ruhda tasvirlagani tahlil qilinadi. Shuningdek, bunday leksik birliklarning adabiy til boyishiga qo‘shgan hissasi ham yoritilgan.Maqolada Tog‘ay Murod asarlarida xalq so‘zlarining qo‘llanilishi milliy tilning go‘zalligi va xalq ruhiyatining ifodasi sifatida baholanadi.

PDF

References

Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. Darslik. – Toshkent: Navro‘z, 2016. 2. Murod Tog‘ay.Ot kishnagan oqshom . Qissa. – Toshkent: Ziyo nashr, 1994 – 3. B.Mengliyev. Hozirgi o`zbek adabiy tili. –Tafakkur bo`stoni . 2018