Abstract
Maqolamizda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish masalalari, xususan ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarining barqaror moliyaviy manbaalar bilan ta’minlanishi masalalari yoritilgan. Xalqaro tajriba asosida rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan budjetdan tashqari fondlar, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, grant va kredit mablag‘larini jalb qilish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar) tomonidan ijtimoiy sohalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy vositalar o‘rganilgan. O‘zbekiston tajribasida ijtimoiy sohalarga ajratilayotgan davlat byudjeti mablag‘lari hajmining dinamikasi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish samaradorligi va mavjud muammolar ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston uchun xalqaro tajribani inobatga olgan holda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishni diversifikatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, grant va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. Keynes J.M. The General Theory of Employment, Interest and Money. — London: Macmillan, 1936.
2. Schultz T. Investment in Human Capital. American Economic Review, 1961.
3. Becker G. Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis, with Special Reference to Education. University of Chicago Press, 1993.
4. Musgrave R.A., Musgrave P.B. Public Finance in Theory and Practice. McGraw-Hill, 1989.
5. World Bank. World Development Report. Washington D.C., turli yillar.
6. Asian Development Bank. Key Indicators for Asia and the Pacific. Manila, turli yillar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari, 20234-yil byudjet hisobotlari.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, PF-60, 28.01.2022.
9. World Bank. Modernizing Uzbekistan’s Education System Project. — Washington, DC, 2023.
10. Asian Development Bank. Uzbekistan: Improving Health Sector Efficiency Project. — Manila, 2024.