OʻZBEKISTON TOGʻLI HUDUDLARIDA EKOLOGIK MUVOZANATNING BUZILISHI VA TIKLASH IMKONIYATLARI.
PDF

Keywords

Oʻzbekiston togʻli hududlari, ekologik muvozanat, antropogen omillar, tabiiy resurslardan foydalanish, landshaft degradatsiyasi, iqlim oʻzgarishi, biologik xilma-xillik, suv resurslari, eroziya jarayonlari, o‘rmon melioratsiyasi, barqaror rivojlanish strategiyalari, ekologik monitoring, tabiiy-geografik tizimlar, ekologik xavfsizlik, tiklanish imkoniyatlari.

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston togʻli hududlarining geosistemalari doirasida yuzaga kelayotgan ekologik muvozanat buzilishining tabiiy va antropogen omillari chuqur tahlil qilinadi. Togʻ mintaqalarida yirik sanoat korxonalarining faoliyati, intensiv chorvachilik va oʻrmonlarning keskin qisqarishi natijasida eroziya jarayonlarining kuchayishi, biogeotsenozlarning yemirilishi hamda suv resurslarining degradatsiyasi kuzatilayotgani ilmiy dalillar bilan asoslanadi. Shuningdek, iqlim oʻzgarishlari, demografik bosimning ortishi va turizmning nazoratsiz rivojlanishi ham togʻ landshaftlari barqarorligiga salbiy taʼsir qilayotgan omillar sifatida koʻrib chiqiladi. Maqolada muammolarni bartaraf etish uchun xalqaro tajriba hamda mahalliy sharoitga mos keluvchi barqaror rivojlanish strategiyalari – ekologik monitoringni kuchaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, o‘rmon-meliorativ tadbirlarni kengaytirish va ekologik taʼlim-tarbiyani rivojlantirish orqali tiklash imkoniyatlari keng yoritilgan. Yakuniy natijada togʻli hududlarda ekologik muvozanatni tiklash nafaqat hududiy, balki mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashda ham muhim strategik vazifa ekanligi ilmiy asoslangan.

PDF

References

1. Xolmatov N. "Ekologiya asoslari". Toshkent, 2010.

2. Matkarimov B. "Tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish". Toshkent, 2015.

3. Qodirov A. "O‘zbekiston geografiyasi". Toshkent, 2012.

4. Usmonov M. "Atrof-muhit muhofazasi". Toshkent, 2014.

5. Jo‘rayev H. "Ekologik muammolar va ularni hal etish yo‘llari". Toshkent, 2011.

6. O‘rinboyev S. "Biologik xilma-xillikni saqlash". Toshkent, 2013.

7. Karimova D. "Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari". Toshkent, 2017.

8. Rahmonov Sh. "Tabiiy resurslardan foydalanish". Toshkent, 2016.

9. Safarov K. "Ekotizimlar barqarorligi". Toshkent, 2018.