Abstract
Ushbu maqolada maktab jamoasiga yangi qoʻshilgan aʼzolarning oʻquvchilar, oʻqituvchilar yoki texnik xodimlarning moslashuv jarayonida psixologning vazifalari keng tahlil qilinadi. Moslashuv jarayoni shaxsning yangi sharoit va jamoaga singishida muhim bosqich bo‘lib, ko‘pincha hissiy zo‘riqish, o‘ziga ishonchsizlik, ijtimoiy munosabatlarda noqulayliklar bilan kechadi. Shu sababli, psixologning vazifalari o‘quvchilarda ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni shakllantirish, ijobiy muhit yaratish, individual maslahatlar orqali shaxsiy muammolarni yengib o‘tishda yordam berish, ota-onalar va pedagoglar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktab psixologining faol ishtiroki yangi aʼzolarni jamoaga tezroq singdirish, o‘z-o‘zini baholashni ijobiy shakllantirish va barqaror ijtimoiy muhitni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Karimova, V. M. Psixologiya: umumiy va amaliy masalalar. Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2019.
2. Zokirova, N. A. Maktab psixologiyasi asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
3. Vygotskiy, L. S. Pedagogik psixologiya. Moskva: Pedagogika, 2018.
4. Xolmatova, G. Sh. “Ta’lim jarayonida psixologik moslashuv muammolari va ularning yechimlari.” O‘zbekiston pedagogika jurnali, №4, 2021, 55–63-betlar.
5. Bronfenbrenner, U. The Ecology of Human Development. Cambridge: Harvard University Press, 2009.
6. Rasulova, M. “Maktab psixologining o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi o‘rni.” Psixologiya va ta’lim amaliyoti, №2, 2022, 87–92-betlar.
7. Piaget, J. Child’s Conception of the World. London: Routledge, 2007.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Ta’lim muassasalarida psixolog faoliyati to‘g‘risidagi nizom. Toshkent, 2021.