Abstract
Ushbu maqolamizda O‘zbekistonda audio asarlarni rivojlantirishning bir qancha vazifalari ko‘rsatib o‘tiladi. Audio asarlar, jumladan audiokitoblar, podkast va manbalarni o‘qishda ehtiyojmand shaxslar va boshqa mutaxassislar uchun qo‘llanilgan. Maqolada audio asarlarni yaratish va tarqatish uchun texnologik infratuzilmani yaxshilash, madaniy merosga oid materiallar shakllantirish, ta’lim jarayonida qo‘llash va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, audio asarlar sanoatini rivojlantirish uchun maxsus mutaxassislar tayyorlash va keng jamoatchilikka taqdim etishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda audio asarlarni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun zarur choralar va istiqbollarni belgilab beradi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5712-son Farmoni.
2. Nurmuhammadov J. 2023. “O`quvchilarni adabiy laboratoriyalarda audiokitob tayyorlashga o`rgatishning muammolari”.