Abstract
Ushbu maqola bolalar huquqlarini himoya qilish va bu jarayonda himoyachilarning o‘rni haqida so‘z yuritadi. Unda O‘zbekistonning milliy qonunchiligi va BMTning “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”si kabi xalqaro standartlar asosida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan. Mamlakatda bolalarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan yangi konstitutsiyaviy normalar, “Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil” (ombudsman) instituti, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va mahalla tizimlari o‘zaro hamkorligi yoritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim qamrovining oshishi, bolalar mehnatiga barham berilishi, neonatal o‘lim kamayishi kabi so‘nggi ijobiy natijalar statistik ma’lumotlar bilan ko‘rsatilgan. Maqolada xorijiy tajriba, xususan Buyuk Britaniya misolida bolalarni himoya qilishning ko‘p tomonlama tizimi ham tahlil etilgan.
References
BMT, “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”, (1989-yil.) -www.unicef.org/crc.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni – www.lex.uz.
4. Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) rasmiy ma’lumotlari — www.ombudsman.uz.
5. UNICEF Uzbekistan. “Situation Analysis of Children and Adolescents” (2023-yil.) —www.unicef.org/Uzbekistan.
6. Jahon bolalar mehnati statistikasi (ILO, 2023-yil.) — www.ilo.org.
7. Buyuk Britaniya “Children Act” (1989 y., so‘nggi o‘zgarishlar bilan) — www.legislation.gov.uk/ukpga/1989/41/contents.