Abstract
Antibiotiklar qarshiligi (rezistentlik) bugungi kunda dunyo sog‘liqni saqlash tizimining eng jiddiy va dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bakteriyalar antibiotiklar ta’siriga qarshilik ko‘rsatishi tufayli, infektsion kasalliklarni davolash murakkablashadi, bu esa bemorlarning sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi va kasalliklarning og‘irlashishi hamda o‘lim holatlarining ko‘payishiga olib keladi. Antibiotik rezistentligining asosiy sabablaridan biri — antibiotiklarni noto‘g‘ri, ortiqcha va nazoratsiz qo‘llash, shuningdek, davolash muddatining buzilishi va dozaning noto‘g‘ri tanlanishidir. Bundan tashqari, yangi samarali antibiotiklarni ishlab chiqishdagi ilmiy va iqtisodiy qiyinchiliklar ham muammoning yanada chuqurlashishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada antibiotiklarga qarshi qarshilikning molekulyar va hujayraviy mexanizmlari, uning inson salomatligiga va sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, antibiotik rezistentligini kamaytirish va oldini olish bo‘yicha profilaktika choralari, mas’uliyatli dori qo‘llash, infeksiyalarni nazorat qilish, yangi dori vositalarini yaratish hamda jamoatchilikni bu borada xabardor qilish muhim strategiyalar sifatida ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy farmatsevtika va tibbiyot sohasida antibiotiklarga qarshi qarshilik muammosini hal etish uchun kompleks yondashuv va samarali boshqaruv tizimlarini joriy etish zarur.
References
1. Abdullaev Sh., Saidov A. Antibiotiklar va ularning farmakologiyasi. Toshkent: TDTU nashriyoti, 2019.
2. Karimova M., Tursunov J. Mikrobiologiya asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti, 2021.
3. Rustamova N. Farmakologiya va klinik farmakologiya. Toshkent, 2020.
4. Xamidov S. Antibiotiklar va ularning qo‘llanilishi. Toshkent, 2018.
5. Islomov D. Infeksion kasalliklar va ularni davolash. Toshkent, 2017.
6. World Health Organization. Antimicrobial resistance: global report on surveillance. Geneva, 2023.
7. Ventola C.L. The antibiotic resistance crisis: part 1: causes and threats. P T. 2015;40(4):277-283.
8. Laxminarayan R., et al. Antibiotic resistance—the need for global solutions. Lancet Infect Dis. 2013;13(12):1057-1098.
9. Davies J., Davies D. Origins and evolution of antibiotic resistance. Microbiol Mol Biol Rev. 2010;74(3):417-433.
10. Blair J.M.A., et al. Molecular mechanisms of antibiotic resistance. Nat Rev Microbiol. 2015;13(1):42-51.
11. Ventola C.L. The antibiotic resistance crisis: part 2: management strategies and new agents. P T. 2015;40(5):344-352.
12. O’Neill J. Tackling drug-resistant infections globally: final report and recommendations. Review on Antimicrobial Resistance, 2016.
13. Davies M., Brown N. Antimicrobial stewardship: principles and practice. Clinical Microbiology and Infection, 2019.
14. European Centre for Disease Prevention and Control. Antimicrobial resistance surveillance in Europe 2022.