ARAB TILINING ISLOM SIVILIZATSIYASINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI
PDF

Keywords

Arab tili, islom sivilizatsiyasi, Qur’on, hadislar, ilm-fan, adabiyot, madaniyat, diniy birlik, ma’naviy qadriyatlar, tarix

Abstract

Arab tili islom sivilizatsiyasining shakllanishida markaziy rol o‘ynagan muhim vosita hisoblanadi. Qur’onning arab tilida nozil qilinishi diniy, madaniy va ilmiy rivojlanishga beqiyos ta’sir ko‘rsatgan. Arab tili orqali islomiy mafkura, diniy tamoyillar, axloqiy qadriyatlar va jamiyatni tartibga soluvchi qonunlar butun musulmon dunyosiga yetkazilgan. Tadqiqot doirasida arab tilining islom sivilizatsiyasidagi o‘rni, uning diniy, badiiy, ilmiy va ijtimoiy jarayonlarni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shu orqali o‘quvchi arab tilining madaniyat va ilm-fan rivojiga ta’siri, islom sivilizatsiyasidagi o‘rni va uning turli sohalardagi qo‘llanilishi haqida chuqurroq tushuncha hosil qiladi. Arab tili nafaqat Qur’on til sifatida, balki hadislar, ilmiy va falsafiy asarlar, tarixiy yozuvlar va badiiy adabiyot vositasi sifatida sivilizatsiyaning rivojlanishida muhim vazifa bajaradi. Islom davrida arab tilining boyligi va aniqligi, murakkab grammatikasi va boy leksikasi uni ilm-fan, adabiyot va madaniy tafakkur vositasi sifatida keng qo‘llanilishiga imkon yaratgan. Shu bilan birga, arab tilining sivilizatsiya shakllanishidagi roli til orqali bilim va ma’naviyatni avloddan-avlodga yetkazish, diniy va ilmiy an’analarni saqlash va rivojlantirish bilan ham bog‘liq.

PDF

References

1. Ali, K. (2010). The Role of Arabic Language in Islamic Civilization. Cairo: Al-Azhar University Press.

2. Badawi, M. M. (1975). A Short History of Modern Arabic Literature. London: Oxford University Press.

3. El-Enany, R. (2006). Arabic Language and Islamic Civilization. Cairo: American University in Cairo Press.

4. Hitti, P. K. (2002). History of the Arabs. London: Palgrave Macmillan.

5. Hodgson, M. G. S. (1974). The Venture of Islam: Conscience and History in a World Civilization. Chicago: University of Chicago Press.

6. Versteegh, K. (1997). The Arabic Language. Edinburgh: Edinburgh University Press.