Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi botanik terminlarning etimologik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Unda terminlarning milliy va o‘zlashma qatlamlari, ularning shakllanish manbalari hamda semantik rivojlanishi yoritilgan. Xususan, turkiy ildizli so‘zlar, arabcha va fors-tojikcha o‘zlashmalar misolida terminlarning taraqqiyoti ochib berilgan. Tadqiqot natijalari botanika terminologiyasida milliylik va xalqaro standartlarning o‘zaro uyg‘unligini ko‘rsatadi.